Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tahsil olayotgan vatandosh talabalar duch kelayotgan muammolar o'rganildi
Oktabr 24, 2025. 13:04 • 55 soniya
• 44
SANKT-PETERBURG, 24-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakillari Sankt-Peterburg davlat texnologiya instituti rahbariyati va bu yerda tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar bilan uchrashdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Oliy ta'lim muassasasi rahbariyatiga ko'ra, mazkur oliy ta'lim muassasasida 1000 ga yaqin O'zbekiston fuqarolari tahsil olmoqda.
Institutning xalqaro hamkorlik bo'limi vakillari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda boshqa oliy ta'lim muassasalariga ko'chib o'tishda qiyinchiliklarga duch kelgan talabalar bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi. Joriy yil aprel oyida kuzatilgan diplom tan olinmaganligi va Rossiya migratsiya qonunchiligining buzilishi ayblovlari bilan o'zbekistonlik talabalarning ommaviy ravishda talabalar ro'yxatidan chiqarib yuborilishi bilan bog'liq vaziyatga alohida e'tibor qaratildi.
Sankt-Peterburg davlat texnologiya instituti vakillari talabalarni boshqa universitetlarga ko'chirish uchun zarur hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari boshlanganini ma'lum qildi.
Uchrashuvda ishtirok etgan Rossiya Ichki ishlar vazirligi vakili Inna Bistrova Rossiyaning migratsiya siyosati haqida gapirib, migratsiya qonunchiligiga rioya qilish muhimligini ta'kidladi.
Bosh konsulxona xodimlari Rossiya yashayotgan O'zbekiston fuqarolarining huquq va majburiyatlarini tushuntirib, mezbon mamlakatning migratsiya oid qoidalariga rioya qilish muhimligini ta'kidlashdi.
Uchrashuvda vatandosh talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga rasmiylardan atroflicha javob oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga