Saudiya Arabistonida og'ir kasallikka chalingan yurtdoshimiz O'zbekistonga qaytarildi
Mart 02, 2025. 12:03 • 27 soniya
• 205
JIDDA, 2-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi sa'y-harakatlari bilan Saudiya Arabistonining Makka shahrida insult kasalligini boshidan o'tkazgan yurtdoshimiz B.M. O'zbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bosh konsulxona ma'lumotiga ko'ra, umra amallarini ado etish maqsadida Saudiya Arabistoniga borgan yurtdoshimiz insultga chalingani sababli "King Abdulaziz Hospital" kasalxonasiga davolash maqsadida yotqizilgan.
Bosh konsulxona qilingan murojaat asosida bemorning O'zbekistonga qaytishi bilan bog'liq barcha hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko'rsatildi.
Hamyurtimiz 27-fevral O'zbekistonga qaytib keldi va u davolanishni Toshkentda davom ettirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga