Logo

Jahon musiqa sahnasini zabt etayotgan o'zbekistonlik opa-singillar

Oktabr 15, 2025. 12:21 • 58 soniya

79
Jahon musiqa sahnasini zabt etayotgan o'zbekistonlik opa-singillar

VANDLITS, 19-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Germaniyaning Brandenburg Federal yeridagi Vandlits shahrida o'zbekistonlik taniqli pianinochilar Gulnora va Nargiza Olimovaning konserti bo'lib, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Hamyurtimiz, taniqli pianinochi Ulug'bek Polvonov badiiy rahbarligida "Goldener Löwe Wandlitz" konsert zalida tashkil etilgan konsert dasturiga Berlin va Brandenburgdan musiqa san'ati ixlosmandlari, keng jamoatchilik vakillari va diplomatlar tashrif buyurdi.

Fransuz kompozitorlari Moris Ravel 150 yilligi va Kamil Sen-Sansning 190 yilligiga bag'ishlangan konsert dasturida opa-singillar tomonidan Moris Ravel, Kamil Sen-Sans, Fransis Pulenk, Klod Debyussi va Gabriyel Fore kabi fransuz kompozitorlarining mashhur asarlari ijro etil va ular musiqa shinavandalari olqishiga sazovor bo'ldi.

– O'z konsert dasturlarimiz orqali Yevropa mamlakatlarida jonajon Vatanimiz salohiyatini namoyish etayotganimizdan faxrlanamiz, – dedi Gulnora Olimova. – Davlatimiz rahbariyatining musiqa san'atini rivojlantirishga qaratayotgan yuksak e'tibori va yaratilgan imkoniyatlar tufayli endi biz dunyoning yetakchi sahnalarida o'z mahoratimizni namoyish etayapmiz.

Ta'kidlash joizki, hamyurtlarimiz "Eng yaxshi klassik musiqachi – 2022" va "Jahon Gran-pri xalqaro musiqa tanlovi – 2023" xalqaro tanlovlarida Gran-pri sovrinini qo'lga kiritgan.

Gulnora Olimova Mannxaym davlat oliy musiqa va ijrochilik san'ati maktabida, Nargiza Olimova esa Karlsrue oliy musiqa maktabida yoshlarga musiqa sirlarini o'rgatib kelmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish