Latviyada tahsil olayotgan vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Oktabr 23, 2025. 18:52 • 48 soniya
• 55
RIGA, 23-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida "IT-Park Uzbekistan" bosh ijrochi direktori Abdulahad Qo'chqorov va Latviya oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talaba yoshlar o'rtasida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida xorijda tahsil olayotgan yurtdoshlarimizni O'zbekiston raqamli iqtisodiyoti va startap ekotizimini rivojlantirishga jalb qilish, ularning g'oya va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, shuningdek, "IT-Park Uzbekistan" ning xalqaro loyihalarini keng targ'ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Abdulahad Qo'chqorov o'z taqdimotida, O'zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamli xizmatlar infratuzilmasini kengaytirish, shuningdek, yoshlar startaplarini moliyalashtirish mexanizmlari haqida ma'lumot berdi.
Talabalar tomonidan O'zbekistondagi IT sohasidagi imkoniyatlar, mutaxassislar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash dasturlari va ta'lim-amaliyot integratsiyasi borasida qiziqish bildirildi. Vatandoshlarimiz, shuningdek, o'z takliflarini ilgari surishdi hamda O'zbekistonga qaytib, soha rivojiga hissa qo'shish istaklarini ma'lum qildi.
Bo'lib o'tgan uchrashuv Latviyada tahsil olayotgan yurtdoshlarimizning ona Vatan bilan ma'naviy bog'liqligini mustahkamlash, ularni global IT-maydonida faol ishtirok etishga rag'batlantirishga xizmat qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga