Janubiy Koreyadagi O'zbekiston yoshlari bilan xorijda ishlash bo'yicha kasbiy mahoratni oshirish mavzusida uchrashuv o'tkazildi
Avgust 26, 2025. 15:47 • 45 soniya
• 59
SEUL, 26-avgust. /"Dunyo"AA/. Mamlakatimiz elchixonasida O'zbekiston yoshlari umumjahon astsiatsiyasining Janubiy Koreyadagi vakili tashabbusi bilan kasbiy hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha navbatdagi uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Tashqi kompaniyalarda ishlashdagi murakkabliklar" mavzusiga bag'ishlangan uchrashuvda Seul Milliy universitetining xalqaro siyosat yo'nalishi bo'yicha magistranti, Janubiy Koreyaning "POSCO International Corporation" kompaniyasi menejeri Soxiba Yusupova asosiy ma'ruzachi sifatida qatnashdi.
Soxiba Yusupova o'z chiqishida, global korporatsiyalardagi ishlash tajribasi, kasbiy o'sish bosqichlari, yuzaga keladigan qiyinchiliklar hamda ularni yengib o'tish yo'llari haqida batafsil ma'lumot berdi. Shuningdek, u o'zining shaxsiy tajribasi asosida foydali maslahatlar bilan o'rtoqlashdi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Tashkilotchilar ko'ra, bunday formatdagi muntazam uchrashuvlar nafaqat xorijdagi o'zbekistonlik yoshlarning o'zaro hamjihatligini mustahkamlash, balki ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish va chet elda barqaror professional o'sishni ta'minlashda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga