Logo

"Vatanga qaytarish" xayriya aksiyasiga start berildi.

Avgust 01, 2025. 09:27 • 30 soniya

156
"Vatanga qaytarish" xayriya aksiyasiga start berildi.

TOSHKENT, 1-avgust. /"Dunyo" AA/. 30 iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo'mitasi hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda joriy yil 30-iyuldan 30-avgustgacha "Vatanga qaytarish" nomli xayriya aksiyasi o'tkaziladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Aksiya doirasida xorij davlatlarida og'ir sharoitda qolgan O'zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish va ularni samarali reintegratsiya qilish maqsad qilingan.

Murojaat uchun: Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari va O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari, @huquqiy_yordam_uzbot yoki 12-82 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qiling.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish