30-iyun – O'zbekistonda Yoshlar kuni bayrami Yaponiyadagi vatandoshlar tomonidan keng nishonlandi
Iyul 02, 2025. 09:20 • 51 soniya
• 58
TOKIO, 1-iyul. /"Dunyo" AA/. 30-iyun – O'zbekistonda Yoshlar kuni bayrami munosabati bilan Yaponiyadagi yosh vatandoshlar ishtirokida "O'zbekiston yoshlari forumi" o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir mamlakatimiz elchixonasi tomonidan O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Yaponiyadagi vakili bilan birgalikda uyushtirildi.
Forum xorijdagi o'zbek yoshlarini birlashtirish, ularning huquqlarini himoya qilish, vatandoshlar o'rtasida faol muloqotni yo'lga qo'yish va O'zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida tashkil etildi.
Anjumanning ochilish qismida so'zga chiqqan elchi Muxsinxo'ja Abduraxmonov O'zbekiston hukumati tomonidan yoshlarimizning har tomonlama yetuk kadrlar bo'lib yetishishi, ta'lim olishi, jumladan, xorijdagi yetakchi oliy o'quv yurtlarida o'qishi uchun yaratilayotgan sharoitlar va hayotga tadbiq etilayotgan dasturlar haqida so'zlab berdi.
Forum davomida ta'lim, mehnat huquqlari, milliy qadriyatlar, xorijda bo'lib turgan yoshlar o'rtasidagi birdamlikni mustahkamlash kabi dolzarb mavzularda ma'ruzalar tinglandi.
O'zbekiston elchixonasining konsullik bo'limi xodimlari o'z navbatlarida hamyurtlarimizga ko'rsatilayotgan konsullik xizmatlari haqida to'xtalib o'tdilar. Ishtirokchilarning pasport rasmiylashtirish, viza va boshqa hujjatlarni olish tartiblariga doir savollariga diplomatlar tomonidan batafsil javob berildi.
Tadbirda so'zga chiqqan yosh vatandoshlar ushbu shakldagi muloqotlar Yaponiyadagi o'zbek yoshlari o'rtasidagi birdamlikni mustahkamlash va yurtimiz diplomatik vakolatxonasi bilan yaqin aloqalarni faollashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi