Logo

Yaponiyaning Nagoya shahrida vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi

Sentabr 29, 2025. 16:25 • 45 soniya

88
Yaponiyaning Nagoya shahrida vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi

NAGOYA, 29-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tomonidan Nagoya shahrida Yaponiyaning Aichi, Gifu va Osaka prefekturalaridagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Qabul davomida fuqarolarimizga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, tug'ilganlik haqidagi guvohnoma, notarial hujjatlarni olish va fuqarolik holatiga oid masalalar bo'yicha yordam ko'rsatildi. Shuningdek, mahalliy qonun-qoidalarga rioya etish, noqonuniy tashkilotlar faoliyatida ishtirok etmaslik yuzasidan tavsiyalar bildirildi. Vatandoshlarga huquqlari buzilgan taqdirda O'zbekiston elchixonasiga murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.

Safar doirasida "Nagoya-O'zbekiston do'stlik hamjamiyati" tashabbusi bilan O'zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga bag'ishlangan tantanali bayram tadbiri o'tkazildi. Unda yurtimizdan kelgan san'at ustalari ishtirokida konsert dasturi bo'lib o'tdi.

 O'zbekiston diplomatlari, shuningdek, Yaponiyaning yirik kompaniyalari vakillari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Jumladan, Aichi prefekturasi Savdo-sanoat kooperativlari assotsiatsiyasi bilan mamlakatimizda o'quv markazini ochish va hamyurtlarimizni Yaponiyada ish bilan ta'minlashga qaratilgan qo'shma loyiha amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish