Turkiyadagi yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi
Oktabr 25, 2025. 15:50 • 27 soniya
• 68
ISTANBUL, 25-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Turkiyaning Sakarya viloyatida joylashgan jazoni ijro etish muassasalari bo'lgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Diplomatlar tashrif davomida mazkur muassasalarda bo'lgan hamyurtlarimizga yaratilgan sharoitlar, tibbiy yordam, oziq-ovqat ta'minoti, advokat xizmatidan foydalanish va yaqin qarindoshlari bilan uchrashish imkoniyatlarini o'rgandi.
Vatandoshlar bilan suhbat davomida ularning takliflari tinglandi va tegishli tartibda huquqiy maslahatlar berildi.
Muassasalar rahbariyati bilan kechgan muloqot chog'ida yurtdoshlarimiz huquqlarini ta'minlash, yashash sharoitlarini yaxshilash va konsullik tashriflarini muntazam amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Britaniyada o‘zbek talabalari o‘rtasida “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri o‘tkazildi
Og‘ir ahvolga tushib qolgan hamyurtlar vatanga qaytarildi
O‘zbekistonlik talaba xalqaro tanlov sovrindori bo‘ldi
Italiyada ilk bor “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi