Italiyada ilk bor “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi
Dekabr 01, 2025. 17:45 • 49 soniya
• 58TURIN, 1-dekabr. /“Dunyo” AA/. Turin politexnika universitetida ilk bor Italiyada tahsil olayotgan talabalar va shu yerda yashayotgan vatandoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqa o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir “Turin O‘zbek talabalari assotsiatsiyasi” faollari tomonidan Turin politexnika universiteti va O‘zbekistonning Rimdagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.
Intellektual o‘yin uch bosqichda – “Zakovat QUIZ”, “Zakovat savollari” va “Sardorlar bellashuvi” bo‘yicha o‘tkazildi.
Bellashuvda 48 nafar ishtirokchi 8 ta jamoaga bo‘lingan holda qatnashdi. Jamoalar Italiyaning turli shaharlaridagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar orasidan shakllantirildi. Jumladan, “Katenachchio” Milandan, “Sugsvang” Bolonya va Florensiyadan, “Stella” Rimdan, “Patriot”, “Turon” “Matonat”, “Sirius” va “Paradoks” jamoalari Turin shahridan saralandi.
Bellashuvlar yakunida 1-o‘rin “Sirius”, 2-o‘rin “Sugsvang” va 3-o‘rinni egallagan “Matonat” jamoalari elchixona va homiylar tomonidan pul va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ishtirokchilar ushbu intellektual musobaqa Italiyada ilk bor tashkil etilgani va bunday tadbirlar o‘zbek talabalari o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro hurmat aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qilishini taʼkidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Britaniyada o‘zbek talabalari o‘rtasida “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri o‘tkazildi
Og‘ir ahvolga tushib qolgan hamyurtlar vatanga qaytarildi
O‘zbekistonlik talaba xalqaro tanlov sovrindori bo‘ldi
Turkiyadagi yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi

