Logo

Dubayda murakkab vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi

Fevral 10, 2024. 10:55 • 31 soniya

261
Dubayda murakkab vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi

DUBAY, 10-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarida kasal bo'lib, qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Z.A.ning vatanga qaytishiga yordam berildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu insonparvarlik ko'magi BAAda istiqomat qilayotgan vatandoshlar hamda «Ayollar va bolalarga yordam ko'rsatish markazi» xayriya tashkiloti rahbariyatining faol qo'llab-quvvatlovi ostida amalga oshirildi.

Bosh konsullikka yo'llangan murojaat asosida Z.A.ning O'zbekistonga qaytishi uchun zarur barcha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari tashkil etildi. Ular uchun to'lovlar va mamlakatga qaytish chiptasi uchun to'lovlar to'liq homiylar tomonidan qoplandi. 

8-fevral kuni yurtdoshimiz "Uzbekistan Airways" kompaniyasining "Dubay-Toshkent" yo'nalishidagi havo qatnovi bilan O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish