O‘zbekiston tibbiyot tizimini rivojlantirishda xorijda ishlayotgan malakali vatandosh mutaxassislarni jalb etmoqda
Oktabr 16, 2026. 17:00 • 2 daq
• 114
LONDON, 16-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Health Invest” tashkiloti Buyuk Britaniyada faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari va olimlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad xorijdagi malakali vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Ularning xalqaro tajribasi va ilmiy salohiyatidan O‘zbekiston tibbiyot tizimini rivojlantirishda foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda “Health Invest” vakillari tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi. Sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, tibbiy infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy xizmatlarni joriy etish va xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdim etildi.
Uchrashuv ishtirokchilari tibbiy xizmat sifatini oshirish, ilg‘or diagnostika va davolash usullarini joriy etish hamda ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Tibbiy xizmatlarni xalqaro standartlar asosida tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Buyuk Britaniyada faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik mutaxassislarni mamlakatimizdagi zamonaviy shifoxonalar, ko‘p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi