Logo

Rossiyaning Primorsk o'lkasida qiyin ahvolda qolgan oila O'zbekistonga qaytarildi

Fevral 28, 2025. 12:43 • 39 soniya

168
Rossiyaning Primorsk o'lkasida qiyin ahvolda qolgan oila O'zbekistonga qaytarildi

VLADIVOSTOK, 28-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi ko'magida Rossiyaning Primorsk o'lkasida qiyin moliyaviy ahvolda qolgan vatandoshimiz J.D. va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Qayd etilishicha, hamyurtimiz shar'iy nikohdagi turmush o'rtog'i bilan 2019-yilda ishlash maqsadida Primorsk o'lkasiga kelgan. J.D. bir necha yillar davomida farrosh bo'lib ishlagan. Turmush o'rtog'i Rossiya hududida bo'lish hujjatlarini vaqtida rasmiylashtirmagani uchun joriy fevral oyida sud hukmi bilan O'zbekistonga deportatsiya qilingan. Shu bois ushbu oila qiyin vaziyatda qolgan va ijaradagi uydan haydalgan. 

Bosh konsulxonaga qilingan murojaatdan so'ng, Vladivostok shahridagi o'zbek diasporal tashkiloti vakillari, faol vatandoshlar ko'magida hamyurtimiz hamda uning bolalari turar-joy va oziq-ovqat bilan ta'minlandi.

26-fevral kuni esa "Uzbekistan airways" AJning Vladivostok-Toshkent yo'nalishidagi samolyotga chipta sotib olib berildi va O'zbekistonga qaytarildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish