Logo

O'zbekiston delegatsiyasi Turkiyada bo'lib o'tgan "Zero Waste" xalqaro forumida ishtirok etdi

Oktabr 24, 2025. 17:49 • 48 soniya

37
O'zbekiston delegatsiyasi Turkiyada bo'lib o'tgan "Zero Waste" xalqaro forumida ishtirok etdi

ANQARA 24-oktabr. /"Dunyo" AA/. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishlari vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Turkiyada bo'lib o'tgan "Zero Waste" xalqaro forumida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Forum doirasida O'zbekiston delegatsiyasi "Zero Waste" konsepsiyasiga bag'ishlangan yalpi majlisda qatnashdi. Shuningdek, BMTning Aholi punktlari bo'yicha dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax va AQSHning Kolumbiya universiteti professori Jeffri Saks bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

Safar davomida O'zbekiston delegatsiyasi rahbari Turkiya atrof-muhit, shaharchilik va iqlim o'zgarishlari vaziri Murat Kurum va Turkiya qishloq va o'rmon xo'jaligi vaziri Ibrohim Yumakli hamda xalqaro tashkilotlar, jamg'armalar va akademik doiralar vakillari bilan samarali muzokara olib bordi.

"Zero Waste" forumi chiqindilarni qayta ishlash, atrof-muhitga yetkaziladigan zararni kamaytirish va barqaror rivojlanish tamoyillarini ilgari surish maqsadida tashkil etilgan. Joriy yilgi tadbirda BMTning yuqori darajadagi vakillari, turli davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, tadbirkorlar, olimlar va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish