Logo

O'zbekiston Iroq bilan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilmoqda

Oktabr 15, 2025. 11:17 • 45 soniya

51
O'zbekiston Iroq bilan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilmoqda

BAG'DOD, 15 oktyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi (qarorgohi Al-Kuvayt shahrida joylashgan) tashabbusi bilan O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iroq Investitsiyalar milliy qo'mitasi vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Kuvayt tomoni O'zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar, qonunchilik bazasi, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi loyihalar, davlat obyektlarini xususiylashtirish jarayoni, mamlakatimizning eksport salohiyati haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirildi.

Iroq Investitsiyalar milliy qo'mitasi raisi o'rinbosari Sara Muhammad Amin o'z davlatining energetika, uy-joy qurilishi, transport, ta'lim va tibbiyot sohalaridagi sarmoyaviy imkoniyatlari haqida so'zlab berdi. "Iroq O'zbekiston bilan qishloq va suv xo'jaligi, uy-joy qurilishi, savdo va sanoat sohalarida hamkorlikni yo'lga qo'yishdan manfaatdor", – dedi u.

Tomonlar investitsiyalarni jalb qilish maqsadida "Investitsiyalarni rag'batlantirish va o'zaro himoya qilish to'g'risidagi bitim"ni imzolash zarurligini qayd etdilar.

Shuningdek, Iroq Investitsiyalar milliy qo'mitasi delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifini tashkil etish taklifi qo'llab-quvvatlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish