O'zbekiston Janubiy Koreya bilan transport va yo'l xo'jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi
Iyun 05, 2025. 11:19 • 45 soniya
• 108
TOSHKENT, 5iyun. "Dunyo" AA/. O'zbekiston delegatsiyasi "ITS Asia Pacific Forum 2025" xalqaro forumida ishtiroki doirasida Koreya Respublikasi yer, infratuzilma va transport vaziri Park Sangvu hamda "Korea Expressway Corporation" korporatsiyasi prezidenti Xam Jingyu bilan muzokaralar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Transport vazirligi ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar davomida O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasida transport va yo'l xo'jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, Koreya Respublikasining avtomagistrallar boshqaruvi, "aqlli" svetoforlar, sun'iy intellekt asosidagi harakatni boshqarish tizimlarini O'zbekistonda joriy etish imkoniyatlari, shuningdek, mazkur mamlakat hukumati tomonidan O'zbekistonda texnik yordam va mutaxassislar tayyorlash dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, muzokaralarda Janubiy Koreya tomonidan O'zbekistonda yo'l infratuzilmasini raqamlashtirish, jumladan, aqlli tolling, I sensor tizimlari, harakat monitoringi bo'yicha loyihalarni amalga oshirish, "Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo'lini qurish" DXSH loyihasi doirasida avtomagistral loyihalarini rivojlantirishda "KEC" korporatsiyasi ishtirokini ta'minlash takliflari ilgari surildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi