Logo

O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari uchun Turkiyada o'quv kurslari tashkil etildi

Oktabr 16, 2025. 17:52 • 48 soniya

75
O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari uchun Turkiyada o'quv kurslari tashkil etildi

ISTANBUL, 16-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari Istanbul universitetida malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur dastur Turkiyaning "NICHE Group" kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. O'quvlar davomida o'zbekistonlik o'qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, pedagogikada sun'iy intellekt, xalqaro tajriba va innovatsion ta'lim usullarini o'zlashtirish mavzularida seminarlar bo'lib o'tdi.

Dastur doirasida ishtirokchilar Turkiyaning yetakchi professorlari va mutaxassislari ishtirokida o'tkazilgan darslar, seminarlar va amaliy treninglarda qatnashdi. Teninglar davomida zamonaviy ta'lim texnologiyalari, boshqaruv va pedagogika sohasidagi ilg'or tajribalar bilan tanishildi. Shuningdek, ikki davlat professor-o'qituvchilari birgalikda amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etishdi.

Istanbul universitetida bo'lib o'tgan kurs ishtirokchilariga sertifikatlarni topshirish marosimida O'zbekistonning Bosh konsulxonasi xodimlari qatnashdi. 

Diplomatlar o'z tabrik so'zlarida bunday dasturlar ikki mamlakat o'rtasidagi oliy ta'lim va madaniy hamkorlikni yana-da mustahkamlash, professor-o'qituvchilar malakasini oshirish hamda yosh avlodga zamonaviy bilimlarni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladilar.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga Istanbul universiteti nomidan sertifikatlar topshirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish