Logo

O'zbekiston va Britaniya universitetlari ta'lim tizimiga akademik va kasbiy dasturlarni joriy etish yo'nalishida hamkorlik qiladi

Avgust 31, 2025. 12:10 • 45 soniya

43
O'zbekiston va Britaniya universitetlari ta'lim tizimiga akademik va kasbiy dasturlarni joriy etish yo'nalishida hamkorlik qiladi

LONDON, 31-avgust. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tarkibidagi Xalqaro malakalar va baholash markazi (XMBM) direktori Husnidin Homidov va Buyuk Britaniya Lafboro universitetining global aloqalar bo'yicha direktori o'rinbosari Lu Bay o'rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot avvalida Britaniya tomoniga XMBM faoliyati haqida ma'lumot berildi. Xususan, dunyoning bir qator universitetlari, shu jumladan Britaniya oliygohlari bilan hamkorlikda O'zbekiston ta'lim tizimiga akademik va kasbiy dasturlarni joriy etish hamda talabalar uchun akademik mobillik va xalqaro ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish ustida ish olib borayotgani ta'kidlandi.

Tomonlar turli yo'nalishlarda, xususan "dual diploma" dasturlari hamda o'qituvchilar va talabalar almashinuvi sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan yo'nalishlar bo'yicha ekspertlar darajasida ishchi muzokaralarni uyushtirish to'g'risida kelishuvlarga erishildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish