O'zbekiston va Buyuk Britaniya iqtisodiy va moliyaviy sohadagi sheriklikni mustahkamlamoqda
Oktabr 19, 2025. 13:23 • 2 daq
• 94
LONDON, 19-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchiligidagi delegatsiyaning Buyuk Britaniyaga tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif doirasida Buyuk Britaniyaning yetakchi moliyaviy institutlari bilan strategik sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan bir qator uchrashuvlar o'tkazildi.
Xususan, Buyuk Britaniya biznes va savdo davlat vaziri Krisom Brayant, "UK Export Finance" bosh direktori Tim Rid, "Standard Chartered" bosh direktori Saif Malik, "United Green Group" raisi Afshin Afsharnejad, "International Hospitals Group" boshqaruvi raisi Chester King, "Zaha Hadid Architects" rahbari Patrik Shumaxer, "Intertek" vitse-prezidenti Jeremi Gaspard va "J.P. Morgan", "Societe Generale", "Jefferies" va "StoneX" kabi yirik moliya institutlarni vakillari bilan samarali muzokaralar bo'lib o'tdi.
Uchrashuvlarda infratuzilma va sanoat sohalarini rivojlantirish, eksportni qo'llab-quvvatlash, energetika va "yashil" iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, xalqaro bozorlarda moliyaviy instrumentlarni chiqarish va muomalasini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish, yangi tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash va O'zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
Tomonlar moliyaviy integratsiyani chuqurlashtirish, savdo mexanizmlarini rivojlantirish va qo'shma loyihalarni qo'llab-quvvatlash masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rahbariyati, shuningdek, "Yangi O'zbekiston – ulkan imkoniyatlarga ega yirik mamlakat" nomli investitsiya road-shousida ham qatnashdi.
Tadbirda O'zbekistondagi yangilanishlar va iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlari taqdimot qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi