Logo

O'zbekiston va Eron xavfsizlik masalalari bo'yicha qo'shma ishchi guruhning ikkinchi uchrashuvini o'tkazish masalasini muhokama qilmoqda

Noyabr 03, 2025. 10:19 • 42 soniya

99
O'zbekiston va Eron  xavfsizlik masalalari bo'yicha qo'shma ishchi guruhning ikkinchi uchrashuvini o'tkazish masalasini muhokama qilmoqda

TEHRON, 3-noyabr. /"Dunyo" AA/. Eronning Tehron shahrida O'zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Ayubxon Raxmatullayev va Eron ichki ishlar vaziri Iskandar Momeni o'rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo"AA muxbiri.

Uchrashuv Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a'zo mamlakatlari ichki ishlar vazirlarining to'rtinchi yig'ilishi doirasida tashkil etildi.

Muloqot avvalida o'zaro hamkorlik aloqalari har tomonlama kengayib borayotgani alohida qayd etdilar.

Vazirliklar o'rtasida xavfsizlik masalalari bo'yicha qo'shma ishchi guruhining birinchi uchrashuvi Tehron shahrida muvaffaqiyatli o'tkazilgani va uning o'zaro tezkor ma'lumot hamda tajriba almashish uchun muloqot maydonini yaratgani ta'kidlanib, mazkur formatdagi ikkinchi uchrashuvni joriy yil dekabr oyida Toshkent shahrida o'tkazish masalasi muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida Eron tomoni vakillariga O'zbekistonga tashrif buyurib, davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishishga taklif etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish