Logo

O'zbekiston va Xitoyning Guanchjou shahridagi oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi akademik hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yiladi

Noyabr 01, 2025. 10:06 • 46 soniya

49
O'zbekiston va Xitoyning Guanchjou shahridagi oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi akademik hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yiladi

TOSHKENT, 1-noyabr. /"Dunyo" AA/. Guanchjou shahridagi "The Hong Kong University of Science and Technology" (HKUST) prezidenti Lio Ni boshchiligidagi delegatsiyaning O'zbekistonga amaliy safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur safar O'zbekiston va Xitoy o'rtasida oliy ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan uyushtirildi.

Xitoy tomoni O'zbekiston Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, "Yangi O'zbekiston" universiteti, Toshkent davlat transport universitet rahbariyati bilan uchrashuvlar o'tkazdi. Ularda ilm-fan, ta'lim yo'nalishlaridagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar, oliy ta'lim muassasalari hamda "Markaziy Osiyo sun'iy intellekt" uyushmasi vakillari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbir doirasida AKT, sun'iy intellekt, sanoat tarmoqlarini raqamlashtirish kabi yo'nalishlarda qo'shma o'quv dasturlarini ishlab chiqish, professor va talabalar o'rtasida o'zaro tajriba almashish trening kurslarini tashkil etish bo'yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish