Logo

O'zbekiston va Polsha o'rtasida iqtisodiy hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Noyabr 26, 2025. 12:01 • 2 daq

134
O'zbekiston va Polsha o'rtasida iqtisodiy hamkorlik aloqalari kengaymoqda

VARSHAVA, 26-noyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Polshadagi elchixonasida "Green Crops" kompaniyasi direktori Kshishtof Rujiskiy bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida Kshishtof Rujiskiy shu yilning 24–29-noyabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan "Agro Expo Uzbekistan" xalqaro qishloq xo'jaligi ko'rgazmasida ishtirok etish maqsadida O'zbekistonga tashrif buyurishi qayd etildi.

Tashrif doirasida O'zbekistonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yashil sabzavot yetishtirish bo'yicha qo'shma investitsiya loyihalari hamda tegishli mutaxassislar uchun Polsha va Italiyada amaliy treninglar o'tkazish bo'yicha grant loyihasini muhokama etish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida Kshishtof Rujiskiyga "AgriCool" grant loyihasi doirasida 2025 yil may–oktyabr oylarida O'zbekistonning agrar sohaga ixtisoslashgan 3 ta oliy ta'lim muassasalarining 120 nafar talabasiga "Green Crops" va Krakov qishloq xo'jaligi universitetida haq to'lanadigan o'quv-amaliy stajirovkalarni tashkil etishda ko'rsatilgan ko'mak uchun diplomatik vakolatxona rahbarining tashakkurnomasi topshirildi.

Shuningdek, elchixonamiz diplomatlari va "Green Crops" kompaniyasi rahbariyati o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha bitim imzolandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish