O'zbekiston va Rossiyaning Oltoy o'lkasi yoshlar tashkilotlari o'rtasidagi hamkorlik yana-da jadallashadi
Oktabr 07, 2025. 10:54 • 38 soniya
• 77
TOSHKENT, 7-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning Oltoy o'lkasi Yoshlar siyosati va jamoatchilik rivojlanishi dasturlarini amalga oshirish boshqarmasi vakillaridan iborat delegatsiya kecha amaliy safar bilan O'zbekistonga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida O'zbekiston va Oltoy o'lkasi o'rtasidagi yoshlar sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati, O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Shu jumladan, qo'shma loyihalarni amalga oshirish va 2025-2026-yillar uchun hamkorlik "Yo'l xaritasi"ni ishlab chiqish ko'zda tutilgan.
Rossiya tomoni O'zbekiston bilan talabalar ishtirokida qo'shma tadbirlarni o'tkazish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo'llab-quvvatlashdan manfaatdor.
O'zbekistonda bo'lish davomida Rossiya delegatsiyasi, shuningdek, O'zbekiston Rus madaniyat markazida bo'ladi va qadimiy Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishadi.
Safar 11-oktyabrgacha davom etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi