Logo

O'zbekiston va Shvetsiya migratsiya sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilmoqda

Iyun 25, 2025. 19:19 • 50 soniya

56
O'zbekiston va Shvetsiya migratsiya sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilmoqda

TOSHKENT, 25-iyun. /"Dunyo" AA/. Avval ma'lum qilinganidek, Shvetsiya migratsiya vaziri Yoxan Forssell boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan O'zbekistonda bo'lib turibdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Shvetsiya migratsiya vaziri Yoxan Forssell tashrif davomida O'zbekiston Migratsiya agentligi direktori Bexzod Musayev, tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev, Prezidentning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazdi.

Muzokaralar davomida migratsiya, reintegratsiya, ijtimoiy himoya va boshqa ko'plab yo'nalishlarda hamkorlik o'rnatish, o'zaro tajriba almashish hamda qo'shma loyihalar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shvetsiya delegatsiyasi tashrif davomida ikki mamlakat o'rtasida Migratsiya sohasida hamkorlik to'g'risidagi deklaratsiya imzolandi.

 Shuningdek, Shvetsiya delegatsiyasi a'zolari oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamrohligida Toshkent transport texnikumida bo'lib, u yerdagi shart-sharoitlar va olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Bundan tashqari, vazir Yoxan Forssell Toshkentdagi "IT park" ga tashrif buyurdi. Shved tomoni uchun "IT park" faoliyati va turli sohalardagi kadrlar salohiyati to'g'risida taqdimot tashkil etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish