Logo

O'zbekistonda zo'ravon ekstremizmga qarshi mafkuraviy barqarorlikni kuchaytirish bo'yicha yangi tashabbus boshlandi

Sentabr 01, 2025. 15:31 • 57 soniya

65
O'zbekistonda zo'ravon ekstremizmga qarshi mafkuraviy barqarorlikni kuchaytirish bo'yicha yangi tashabbus boshlandi

TOSHKENT, 1-sentabr. /"Dunyo"AA/. "Hidoya" xalqaro tadqiqot markazi O'zbekiston Din ishlari qo'mitasi hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida zo'ravon ekstremizmga qarshi immunitetni kuchaytirish maqsadida 12 oylik kompleks tashabbus boshlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonning 2021–2026-yillarga mo'ljallangan Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo'yicha Milliy strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur tashabbus diniy va jamoat yetakchilarining ekstremistik g'oyalarga qarshi samarali muqobil muloqotni ta'minlashdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan.

Tashabbus doirasida yetakchi imom-xatiblar, faol jamoat arboblari va ma'rifiy faollar tinchlik, bag'rikenglik va millatlararo hamjihatlikni targ'ib etishda jamoatchilikning ishonchli ovozi sifatida tayyorlanadi. Ular nafaqat diniy sohaga oid masalalarda, balki global miqyosda tinchlikparvar yondashuvlarni ilgari surishda muhim o'rin tutadi.

Loyiha doirasida ishtirokchilarga amaliy ko'nikmalar va zamonaviy muloqot texnologiyalari o'rgatiladi. Bu esa ularga hayotda va onlayn maydonida tarqatilayotgan ekstremistik mazmundagi xabarlarga o'z vaqtida, asosli va ta'sirli raddiya berish imkonini yaratadi.

Shu bilan birga, dastur doirasida mahalliy sharoit va mentalitetga moslashtirilgan qisqa videomateriallar va axborot kontenti tayyorlash rejalashtirilgan. Bu borada mas'ul idoralar hamkorligida, smartfonlar va raqamli platformalar orqali keng ommaga faol ta'sir o'tkaza oladigan axborot mahsulotlari yaratilishi ko'zda tutilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish