Logo

O'zbekistonning bir guruh davlat xizmatchilari Latviyada malaka oshirmoqda

Oktabr 17, 2025. 12:34 • 53 soniya

23
O'zbekistonning bir guruh davlat xizmatchilari Latviyada malaka oshirmoqda

TOSHKENT, 17-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 13-20-oktyabr kunlari O'zbekiston davlat xizmatchilari uchun Latviyada malaka oshirish dasturi bo'lib o'tmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Stajirovka dasturi davlat boshqaruvidagi ilg'or tajribalar, strategik rejalashtirish, samaradorlikni baholash va innovatsion yondashuvlar bilan bevosita tanishish maqsadida uyushtirildi. Unda Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, tuman hokimlari o'rinbosarlari, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mas'ullari ishtirok etmoqda.

Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, Latviya Markaziy moliya va shartnomalar agentligi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) "Samarali boshqaruv" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan "O'zbekiston davlat boshqaruvi salohiyatini oshirishga ko'maklashish" loyihasining qo'shma tadbirlar rejasiga muvofiq, joriy yilning 24-25-sentyabr kunlari 30 nafar rahbar kadrlar uchun "Samarali yetakchilik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish" mavzusida trening o'tkazildi.

Trening davomida ishtirokchilar barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, samaradorlikni oshirish jarayonlari, jamoada samarali ishlash va yetakchilik ko'nikmalarini yaxshilash hamda nizolarni boshqarish usullari bo'yicha bilim va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishdi.

Shuningdek, "keyc-stadi", interaktiv muhokamalar, simulyatsiya va rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan amaliy mashg'ulotlardan foydalanilib, ishtirokchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg'unlashtirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish