Logo

O'zbekistonning Misrdagi elchixonasida Arab davlatlari uyushmasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Fevral 21, 2024. 17:42 • 39 soniya

132
O'zbekistonning Misrdagi elchixonasida Arab davlatlari uyushmasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

QOHIRA, 21-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Arab davlatlari uyushmasi (ADU) vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida «ADU – Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon iqtisodiy forumi»ning 3-yig'ilishini yuqori darajada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu tadbirni Qatar poytaxti Doxa shahrida joriy yilning aprel oyida o'tkazish imkoniyatlari xususida fikr almashildi. Shuningdek, ADU tomonidan forum doirasida arab davlatlari, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon ishbilarmon doira vakillari uchrashuvini tashkil etish taklifi bildirildi.

Mamlakatimizning Misrdagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, Iqtisodiy forumning birinchi yig'ilishi 2014-yil mayda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoz shahrida o'tkazilgan. Mazkur anjuman yakunida ADU hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon o'rtasida Hamkorlik memorandumi imzolangan. Ikkinchi yig'ilish esa 2017-yil oktyabrda Dushanbeda bo'lib o'tgan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish