O'zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika sohalaridagi salohiyati Ashxobodda o'tgan xalqaro ko'rgazmada yuksak baholandi
Oktabr 15, 2025. 12:04 • 52 soniya
• 16
ASHXOBOD, 15-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 10-12-oktyabr kunlari Ashxobod shahrida Turkmaniston sog'liqni saqlash va tibbiyot sanoati xodimlari kuniga bag'ishlangan an'anaviy xalqaro ko'rgazma va ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston, Turkmaniston, Rossiya, Germaniya, AQSh, Turkiya, Xitoy va boshqa davlatlar kompaniyalari o'z mahsulotlarini namoyish etdi.
O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi boshchiligida 14 ta farmatsevtika korxonalarimiz ko'rgazmada faol ishtirok etdi. "Made in Uzbekistan" brendi ostida xalqaro standartlarga javob beruvchi dori-darmonlar, tibbiy asbob-uskunalar, bolalar ozuqasi va boshqa mahsulotlar taqdim etildi.
Ko'rgazmaga tashrif buyurgan Turkmaniston hukumati a'zolari, tibbiyot va farmatsevtika sohasi rahbariyati vakillari O'zbekiston stendlarida namoyish etilgan mahsulotlarning xilma-xilligi, sifati va zamonaviyligini yuqori baholadi.
Tadbir doirasida o'tkazilgan uchrashuv va muzokaralar yakunida O'zbekiston korxonalari tomonidan Turkmanistonga tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari eksporti bo'yicha qator shartnomalar imzolandi.
Mazkur tadbirlar O'zbekiston farmatsevtika sanoatining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishga hamda qardosh Turkmaniston bilan sog'liqni saqlash sohasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi