Logo

O'zDJTU delegatsiyasi Hindistondagi xalqaro anjumanda ishtirok etdi

Noyabr 20, 2025. 14:04 • 2 daq

205
O'zDJTU delegatsiyasi Hindistondagi xalqaro anjumanda ishtirok etdi

DEHLI, 20-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Hindistonning Jaypur shahrida o'tkazilgan inson va kompyuter o'rtasidagi intellektual o'zaro ta'sir bo'yicha

17-xalqaro konferensiyada ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O'zDJTU) delegatsiyasining ushbu tashrifi mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalari xalqaro hamkorligi jadal rivojlanayotganining yorqin tasdig'idir. Bu kabi xalqaro anjumanlar O'zbekiston va xorijiy davlatlar universitetlari o'rtasidagi sheriklikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etib, o'zaro tajriba almashish va qo'shma loyihalar amalga oshirish uchun qulay muhit yaratmoqda.

Konferensiyaning ilmiy maydonchasi onlayn va offlayn shakllarda 30 dan ortiq mamlakat olim va tadqiqotchilarini birlashtirdi. Konferensiya ishtirokchilari uch kun davomida inson va sun'iy intellekt o'rtasidagi o'zaro ta'sirning yangi imkoniyatlari, vazifalari va innovatsion yechimlarini muhokama qildi.

O'zDJTU delegatsiyasi tarkibidan besh nafar professor-o'qituvchi va olti nafar iste'dodli talaba joy oldi. Ular zamonaviy texnologiyalar bo'yicha ilmiy ma'ruzalar taqdim etib, inson va sun'iy intellekt o'rtasidagi o'zaro munosabatning yangi imkoniyatlariga bag'ishlangan munozaralarda faol qatnashdi.

Tadbir O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarining xalqaro hamkorligini jadal rivojlantirish yo'lida yana bir muhim qadam bo'ldi. Bunday nufuzli forumlarda ishtirok etish ilmiy ishlanmalar bilan bo'lishish va dunyo universitetlari bilan sheriklik aloqalarini mustahkamlashga qulay imkon beradi.

O'zDJTUni Hindistonning Banasthali Vidyapith universiteti bilan yaqin va samarali munosabatlar bog'lab turadi.

O'zDJTU va Banasthali Vidyapith o'rtasida samarali va ko'p yillik hamkorlik mavjud. Universitetlar muntazam ravishda talabalar va o'qituvchilar almashinuv dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Bu esa mamlakatimiz ta'lim tizimining jahon akademik makoniga integratsiyalashuviga xizmat qilmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya a'zolari mazkur universitetda bo'lib, o'quv jarayoni, Hindiston madaniyati va an'analari bilan yaqindan tanishdi. O'zDJTU talabalari uchun konferensiya xalqaro ekspertlar bilan muloqot qilish, o'z g'oyalarini xalqaro maydonda taqdim etish va kelgusi ilmiy faoliyat va tajriba orttirish uchun keng imkoniyat bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish