Logo

Moskva viloyati O'zbekiston va Rossiya hududlararo kengashining ikkinchi yig'ilishini qabul qiladi

Oktabr 18, 2025. 07:58 • 50 soniya

189
Moskva viloyati O'zbekiston va Rossiya hududlararo kengashining ikkinchi yig'ilishini qabul qiladi

MOSKVA, 18 oktabr. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 21-22 oktabr kunlari Moskva viloyatida O'zbekiston va Rossiya hududlararo kengashining ikkinchi yig'ilishi bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi va Moskva viloyati hukumati hamkorligida tashkil etilmoqda. 

Kengash yig'ilishi dasturidan O'zbekiston-Rossiya hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tadbirlar o'rin olgan. Jumladan, forum doirasida Kengashning yalpi majlisi, Rossiya-O'zbekiston va O'zbekiston-Rossiya ishbilarmonlar kengashlari yig'ilishlari, shuningdek, hamkorlikning asosiy yo'nalishlari, jumladan, elektron tijorat istiqbollari, investitsiyalarlarni jalb qilish, sanoat, transport va logistika, energetika loyihalarini amalga oshirish, agrosanoat majmuasida hamkorlik masalalariga bag'ishlangan tematik panel sessiyalari o'tkaziladi. 

II Hududlararo kengash yig'ilishi yakunlari bo'yicha hamkorlikning yangi yo'nalishlarini belgilash, ikki mamlakat hududlari va tadbirkorlik subyektlari o'rtasida aniq shartnomalar imzolash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish yo'lidagi mavjud to'siqlarni bartaraf etish yo'llarini belgilash rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Rossiya hududlararo kengashining birinchi yig'ilishi 2024 yil 27 may kuni Toshkent shahrida o'tkazilgan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish