Logo

O'zbekiston va Xitoyning 5 ta shahar va tumanlari o'rtasida birodarlashgan hududlar munosabatlari o'rnatildi

Avgust 18, 2025. 13:10 • 35 soniya

180
O'zbekiston va Xitoyning 5 ta shahar va tumanlari o'rtasida birodarlashgan hududlar munosabatlari o'rnatildi

TOSHKENT, 18-avgust. / "Dunyo" AA/. O'zbekistonning 5 shahar va tumanlari hamda Xitoyning Shinjon-Uyg'ur avtonom rayoni Qashg'ar prefekturasining shahar va uyezdlari o'rtasida birodarlashgan hududlar munosabatlari o'rnatildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xitoyning "Sinxua" axborot agentligi ma'lumotiga ko'ra, davom etayotgan 15-Qashg'ar Markaziy va Janubiy Osiyo savdo yarmarkasi doirasida o'tkazilgan almashinuv konferensiya davomida birodarlashgan hududlar to'g'risidagi tegishli hujjatlar imzolandi.

Jamladan, Qashqar okrugi va Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani, Qashqar shahri va Samarqand viloyatining Kattaqo'rg'on tumani hamda Farg'ona viloyatining Farg'ona shahri, Shache uyezdi va Farg'ona viloyatining Marg'ilon shahri, shuningdek, Szepu uyezdi va Farg'ona viloyatining Qo'qon shahri o'rtasida birodarlik munosabatlari o'rnatildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish