Logo

Turkiyaning 50 yillik transplantatsiya tajribasi O'zbekistonda joriy etiladi

Noyabr 12, 2025. 07:31 • 2 daq

220
Turkiyaning 50 yillik transplantatsiya tajribasi O'zbekistonda joriy etiladi

ANQARA, 12-noyabr. /"Dunyo" AA/. Anqara shahrida o'tkazilgan Yaqin Sharq organ transplantatsiyasi jamiyatining "Turkiyada transplantatsiyaning 50 yilligi" mavzusidagi 19-kongressida o'zbekistonlik shifokorlar ham ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Kongress doirasida Yaqin va Uzoq Sharq, Markaziy Osiyo, Afrika, Yevropa, Amerika mintaqalaridan kelgan shifokorlar transplantatsiya va organ donorligi yo'nalishida o'z mamlakatlarida olib borilayotgan ishlar, sohadagi yangiliklar, tizimga tatbiq etilishi lozim bo'lgan loyihalar xususida fikr bildirishdi.

Tadbirda yurtimizdan Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor Botir Daminov boshchiligidagi o'zbek shifokorlari ham faol ishtirok etib, mamlakatimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'ruza qildi. Xorijlik mutaxassislar bilan Turkiyaning 50 yillik transplantatsiya tajribasini O'zbekistonda ham joriy etish yuzasidan o'zaro fikr-mulohaza almashdi. 

O'zbekiston delegatsiyasi Anqara shahridagi shifoxonalar va universitet klinikalarida ham bo'ldi. Shifokorlarimiz Turkiyada nefrologiya, immunologiya, gistologiya, gemodializ va buyrak transplantatsiyasi kabi ilmiy va amaliy sohalardagi yangiliklar bilan tanishdi. Bashkent universiteti rahbari Mehmet Haberal bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash bo'yicha memorandum imzolash yuzasidan kelishuvga erishdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish