Toshkentda "Madaniy o'lchov va O'zbekiston – O'mon muloqoti: islohotlar yo'li" mavzusida ilmiy anjuman o'tkaziladi
Sentabr 25, 2025. 16:58 • 30 soniya
• 68
MASQAT, 25-sentyabr. /"Dunyo" AA/. 26-sentyabr kuni Toshkentda "Madaniy o'lchov va O'zbekiston-O'mon muloqoti: islohotlar yo'li" mavzusida ilmiy konferensiya bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Anjuman Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi Mahmudxo'ja Behbudiy va O'monning sobiq sultoni Sulton Qobus merosiga bag'ishlanadi.
Konferensiya mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va O'monning "Baytul qiroa" ayol kitobxonlar jamiyati bilan birgalikda tashkil etilyapti.
Unda O'zbekiston va O'mon olimlari qatnashmoqda. Tadbir doirasida, shuningdek, o'monlik rassom ayollar asarlari ko'rgazmasi tashkil etiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi