Logo

Britaniyaning yetakchi muhandislik kompaniyasi O'zbekiston hududlari uchun ustuvor bo'lgan loyihalarni ishlab chiqishda ko'maklashadi

Oktabr 09, 2025. 12:40 • 33 soniya

90
Britaniyaning yetakchi muhandislik kompaniyasi O'zbekiston hududlari uchun ustuvor bo'lgan loyihalarni ishlab chiqishda ko'maklashadi

LONDON, 9-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan O'zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Britaniyaning "ARUP" kompaniyasi rahbariyati o'rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AAbiri.

"ARUP" vakillari kompaniya O'zbekistonda bir qator loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirganligini mamnuniyat bilan qayd etish barobarida, yurtimizdagi loyihalari yo'nalishlarini kengaytirishga tayyor ekanini ta'kidlashdi.

Tomonlar viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi ustuvor loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

"ARUP" muhandislik, loyihalashtirish va ularni boshqarish sohalariga ixtisoslashgan. Shuningdek, kompaniya konsalting, shu jumladan qurilish, transport, energetika va suv resurslari muhandisligi yo'nalishlarida faoliyat yuritadi. O'zbekistonda qator loyihalarni amalga oshirmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish