Budapesht chiroqlar san'ati muzeyi O'zbekiston madaniyat va san'at muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyor
Iyun 19, 2025. 11:37 • 58 soniya
• 64
BUDAPESHT, 19-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Oybek Shahavdinov Budapesht chiroqlar san'ati muzeyining strategik va badiiy rahbari Sabolch Vida bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Sabolch Vida Budapesht muzeyi dunyoda deyarli o'xshashi yo'q noyob madaniy muassasa ekanligini ta'kidladi. Bu o'ziga xos eng yirik muzey bo'lib, unda barcha eksponatlar yorug'lik, texnologiya va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda yaratilgan. Muzeyning asosiy vazifalaridan biri pandemiyadan keyin keng ommaning, ayniqsa, yoshlarning muzeylarga tashrif buyurishga bo'lgan qiziqishini oshirishdir.
Suhbat chog'ida muzey ishi, tasviriy va yorug'lik san'ati, shuningdek, ko'rgazma faoliyatida innovatsion yondashuvlardan foydalanish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Vengriya tomoni O'zbekiston madaniyat va san'at muassasalari bilan aloqalar o'rnatishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Hamkorlikning istiqbollari yo'nalishlari sifatida ko'rgazmalar tashkil etish, mutaxassislar malakasini oshirish, shuningdek, O'zbekistonda madaniy tadbirlar va ko'rgazmalar tashkil etish, o'zaro tajriba almashish dasturlari qayd etildi.
Budapesht chiroqlar san'ati muzeyi rahbariyati O'zbekiston madaniyat muassasalari bilan amaliy hamkorlikka, jumladan, muzey va ranglar san'ati sohasida qo'shma tashabbuslarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Tomonlar muloqotni davom ettirish hamda madaniyat va zamonaviy san'at sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi