Logo

Toshkent shahar hokimligi vakillari Istanbul shahrining gastronomik turizmga ixtisoslashgan ko'chalari faoliyatini o'rgandi

Oktabr 30, 2025. 16:28 • 42 soniya

44
Toshkent shahar hokimligi vakillari Istanbul shahrining gastronomik turizmga ixtisoslashgan ko'chalari faoliyatini o'rgandi

ISTANBUL, 31-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Toshkent shahar hokimligi vakillaridan iborat delegatsiya xizmat safari bilan Turkiyaning Istanbul shahrida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xizmat safari doirasida delegatsiya a'zolari Istanbul shahar hokimligi bosh kotibi Volkan Demir, shahar gubernatori o'rinbosari Mexmet Sulun bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

O'zbekiston vakillari Istanbul shahrining gastronomik turizmga ixtisoslashgan, 7/24 tartibda faoliyat yurituvchi ko'chalar, ularga mahalliy boshqaruv organlari tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar, shuningdek, ushbu ko'chalarni rivojlantirish strategiyalari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, sayyohlik maskanlarida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlik choralarini ta'minlash bo'yicha Istanbul shahar hokimligi vakillari bilan muloqot bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Istanbul shahrining gastronomik va turistlar gavjum bo'lgan ko'chalari, shuningdek, xorijiy ziyoratchilarni jalb etuvchi qadimiy joylarda jamoat tartibini saqlash bo'yicha tajribani o'rganish va hamkorlik aloqalarini o'rnatish yuzasidan fikr almashildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish