O'zbekiston delegatsiyasi Kampalada bo'lib o'tgan Qo'shilmaslik harakatining 19-vazirlar oraliq yig'ilishida ishtirok etdi
Oktabr 17, 2025. 11:25 • 2 daq
• 77
KAMPALA, 17-oktyabr. /"Dunyo" AA/. 15-16-oktyabr kunlari Uganda poytaxti Kampala shahrida "Umumiy global farovonlik uchun hamkorlikni chuqurlashtirish" mavzusida Qo'shilmaslik harakatining 19-vazirlar oraliq yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirning ochilish marosimida Uganda Prezidenti Yoveri Museveni, Tashkilotga a'zo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari so'zga chiqdi.
O'zbekiston delegatsiyasi rahbari Mansurbek Qilichev o'z nutqida, xalqaro tinchlik va hamkorlik arxitekturasi o'zgarib, ziddiyatlar ko'payotgan mahalda rivojlanayotgan mamlakatlar uchun o'zaro ishonch, hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlash har qachongidan ham muhimligini ta'kidladi.
Qo'shilmaslik harakati mintaqaviy va global siyosatni shakllantirish hamda uning a'zolari o'rtasida barqaror rivojlanishni rag'batlantirish uchun muhim kuch bo'lib qolmoqda. U global ishlarda faol va konstruktiv rol o'ynash uchun barcha zarur imkoniyatlarga ega.
Tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, global boshqaruvni, jumladan, xalqaro moliyaviy arxitekturani isloh qilish, iqlim o'zgarishi, infratuzilma va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari kabi amaliy masalalarga alohida e'tibor qaratish lozimligi qayd etildi.
O'zbekiston delegatsiyasi tomonidan BMTni isloh qilish, tengsiz global savdo va moliyaviy tizimlarni o'zgartirish, sun'iy intellektdan ta'lim, sog'liqni saqlash va madaniyat sohalarida inklyuziv foydalanishni rag'batlantirish, favqulodda vaziyatlar bo'yicha monitoring va tadqiqot tarmog'ini tashkil yetish, dengizga chiqish imkoni bo'lmagan rivojlanayotgan davlatlar uchun adolatli, samarali va siyosatdan xoli bo'lgan logistika yo'laklarini rivojlantirish muhimligiga e'tibor qaratildi.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT va Qo'shilmaslik harakati platformalarida qayd etgan ushbu ustuvor yo'nalishlar tadbir ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.
O'zbekiston Butunjahon professional ta'lim sammitini o'tkazishga tayyorligi ma'lum qilindi va Qo'shilmaslik harakati a'zolari 2026-yilda yurtimizda bo'lib o'tadigan Suvni tejash bo'yicha Butunjahon forumiga taklif etildi.
Qo'shilmaslik harakati 1961-yilda tashkil etilgan. Unga 121 davlat a'zo, 18 davlat kuzatuvchi maqomiga ega. O'zbekiston 2027–2029-yillarda Harakatga raislik qiladi va 2027-yilda uning 20-yubiley sammitiga mezbonlik qilishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi