Misr O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo'shilishini to'liq qo'llab-quvvatlaydi
Mart 29, 2024. 17:07 • 45 soniya
• 165
QOHIRA, 29-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Mansurbek Qilichev Misr Savdo va sanoat vazirligining Jahon savdo tashkiloti (JST) masalalari bo'yicha markaziy departamenti boshlig'i Iman Refaat Nasr bilan muzokaralar o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Iman Refaat Nasr O'zbekiston va Misr azaliy do'stlik hamda mustahkam ishonch ustunlariga qurilgan aloqalarini yuqori baholab, ikki davlat xalqaro tashkilotlar doirasida doimiy ravishda tashabbuslarni o'zaro qo'llab-quvvatlab kelayotganini bildirdi.
Shu nuqtai nazardan, Misr tomoni O'zbekistonning JSTga qo'shilishini to'liq qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Tashkilotga a'zolik o'zaro savdo hajmining oshishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Qayd etish joizki, 2023-yil fevral oyida O'zbekiston Prezidentining Qohiraga buyurgan tashrifi o'zaro savdo va investitsiya yo'nalishini tamomila yangi bosqichga olib chiqdi. Shuningdek, yangilangan o'zaro manfaatli loyihalarni ishlab chiqishga va ularning amaliy ijrosiga o'tishga poydevor yaratdi. Jumladan, oliy darajadagi tashrif doirasida o'tkazilgan biznes-forum natijasida tomonlar istiqbolli investitsiya loyihalarini kelishib olgan edilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi