Farg'ona viloyati delegatsiyasi Kuvaytda samarali muzokaralar o'tkazdi
Aprel 28, 2024. 13:58 • 46 soniya
• 357
AL-KUVAYT, 28-aprel. /"Dunyo" AA/. Kuvaytda bo'lib turgan Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov kecha "Marafie Group" xoldingining "AL-TIJARIA – The Commercial real estate co" kompaniyasi rahbariyati hamda OAV vakillari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida "AL-TIJARIA – The Commercial real estate co" kompaniyasi vakillari turli sohalarda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalarga sarmoyalar kiritishga tayyorligini bildirdi.
Xususan, O'zbekistonning katta yer maydonida olma yetishtirish plantatsiyasini barpo etish, yonida esa olma tabiiy sharbatlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurish va tayyor mahsulotlarni xorijiy davlatlarga, xususan Kuvaytga eksportini yo'lga qo'yish reja qilinayotgani ma'lum qilindi.
Uchrashuv yakunida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik aloqalarini kengaytirishga doir masalalar muhokama qilinib, Kuvayt tadbirkorlari Farg'ona viloyatiga taklif etildi.
Bundan tashqari uchrashuvga tashrif buyurgan "Q8 Press" elektron nashri, "al-Ray" gazetasi hamda "Times Kuwait" gazetasi vakillarining Farg'ona viloyatidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy muhit yuzasidan berilgan savollariga tegishli javoblar berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi