Logo

Farg'ona viloyati va Shvetsiya hududlari o'rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Oktabr 27, 2025. 17:49 • 48 soniya

76
Farg'ona viloyati va Shvetsiya hududlari o'rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

STOKGOLM, 27-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 23-25-​​oktyabr kunlari Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari Xurshidjon Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya amaliy safar bilan Shvetsiyada bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz delegatsiyasi Stokgolm shahar va Estergyotland viloyati provinsiyalari mutasaddilari bilan samarali muzokaralar olib bordi.

Estergyotland provinsiyasi kengashi raisi Nils Baptis bilan muloqot chog'ida tomonlar iqtisodiyot, savdo, innovatsiya va turizm sohalarida ikki tomonlama aloqalarni o'rnatish va kengaytirish, shuningdek, yangi g'oyalar va tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, o'zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, xalqaro madaniy tadbirlarni o'tkazish, tajriba almashish va asosiy sohalarga investitsiyalarni jalb qilish masalalarini muhokama qilindi.

Farg'ona delegatsiyasi rahbari Shvetsiya poytaxtida hozirda amalga oshirilayotgan "Stockholm Royal Seaport" innovatsion infratuzilma loyihasi bilan tanishdi.

Stokgolm shahar Qurilish va dizayn departamenti boshlig'i bilan kechgan uchrashuvda zamonaviy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda, jumladan, innovatsion turizm obyektlarini yaratish va "yashil" xizmatlar sektorini rivojlantirishda tajriba va bilim almashish sohasida hamkorlik o'rnatish istiqbollari muhokama qilindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish