Eronning yetakchi bosma nashrida Eron-O'zbekiston qo'shma savdo palatasi rahbari bilan ikki mamlakat hamkorligiga bag'ishlangan suhbat chop etildi

Iyun 06, 2024. 19:33 • 3 daq

157
Eronning yetakchi bosma nashrida Eron-O'zbekiston qo'shma savdo palatasi rahbari bilan ikki mamlakat hamkorligiga bag'ishlangan suhbat chop etildi

TEHRON, 6-iyun. /"Dunyo" AA/. Eronning ommabop "Iran Daily" gazetasida Eron-O'zbekiston qo'shma savdo palatasi rahbari Muso Og'ayi bilan ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikka bag'ishlangan intervyu chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbatda O'zbekiston Prezidentining Eronga buyurgan tashrifi davomida bir qator sohalar bo'yicha imzolangan 10 ta hamkorlik shartnomasining amaliy ijrosi bo'yicha ishlar alohida ta'kidlangan.

"Ular orasida imtiyozli savdo shartnomasi, transport va tranzit bayonnomalari, farmatsevtika, standartlar va sug'urta bo'yicha hamkorlik rejalari, umumiy erkin-iqtisodiy zonalarni tashkil etish masalalarini ko'rib chiqish, texnologik innovatsiyalar va qishloq xo'jaligi sektori bo'yicha hamkorlik dasturi bor", deydi Muso Og'ayi.

Qayd etilishicha, ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik shartnomalari yana keng ko'lamli sohalarni qamrab oldi. Eron-O'zbekiston qo'shma savdo palatasi rahbari Muso Og'ayi o'z intervyusida ikki mamlakat munosabatlariga to'xtalib, mamlakatlarimiz o'rtasidagi yaqin hamkorlik marhum Prezident Ibrohim Raisiy davrida boshlanganini ta'kidlagan. "Ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar darajasi Raisi davrida misli ko'rilmagan darajaga yetdi", degan u.

Nashrda so'nggi yillarda ikki mamlakat o'rtasida iqtisodiy hamkorlik va savdo almashinuvi rivojlanib borayotgani qayd etilgan.

"Eron taqvimi 1401-yil yakunida eksportimiz 290 million dollarni tashkil etgan bo'lsa, 1402-yil oxiriga kelib 350 million dollarga ko'tarilgan. Shu bilan birga, Eron ham O'zbekistondan 150 million dollarlik mahsulot import qilgan. Savdoning bunday o'sishi bilan biz ikki tomonlama almashinuvlarning umumiy hajmi yil oxirigacha 1 milliard dollarga yetadi, degan umiddamiz", deya ta'kidlagan qo'shma savdo palatasi rahbari.

 Bundan tashqari, suhbat davomida eronlik ishbilarmonlar orasida qo'shma savdo palatasi yoki o'z tashabbuslari orqali O'zbekiston bilan savdo imkoniyatlarini o'rganishga qiziqish ortib borayotgani aytib o'tilgan. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalar sezilarli darajada mustahkamlangan va biz rivojlanayotgan turizm industriyasi bilan bir qatorda yanada ko'proq o'zaro hamkorlik va savdo almashinuviga guvoh bo'lyapmiz. Oxir oqibat, turizm ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda muhim rol o'ynaydi, chunki sayyohlar madaniyat, savdo elchilariga aylanadi va tajriba almashadi.

"Ilgari O'zbekistondan asosan ip va paxta Eronga eksport qilingan. Biroq Toshkent o'z iqtisodiy yo'nalishini yuqori qo'shimcha qiymatli mahsulotlarga qaratmoqda, xomashyo eksportidan voz kechmoqda. Natijada siz ularning paxta eksportida pasayishni ko'rishingiz mumkin, buning o'rniga eksport uchun mato va kiyim ishlab chiqarishni ko'paytirishga qaratilgan", degan Eron-O'zbekiston qo'shma savdo palatasi rahbari Muso Og'ayi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish

So‘nggi yangiliklar

Toshkentda Markaziy Osiyo sinologlarining ikkinchi forumi boshlandi
“Dunyo” AA reportajiIyun 13, 2026. 15:00
Toshkentda Markaziy Osiyo sinologlarining ikkinchi forumi boshlandi
Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi Qatardaga keng jamoatchilikka tanishtirildi
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalaridaIyun 13, 2026. 14:00
Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi Qatardaga keng jamoatchilikka tanishtirildi
Toshkentda Sankt-Peterburg ishbilarmonlik markazi ochiladi
Iqtisodiy diplomatiyaIyun 13, 2026. 13:30
Toshkentda Sankt-Peterburg ishbilarmonlik markazi ochiladi
Shanxay kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi
Iqtisodiy diplomatiyaYanvar 01, 1970. 06:00
Shanxay kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi

Barchasi