Logo

O'zbekistonlik diplomatlar Misrda malaka oshirib qaytdi

Noyabr 07, 2025. 15:35 • 50 soniya

73
O'zbekistonlik diplomatlar Misrda malaka oshirib qaytdi

QOHIRA, 8-noyabr. /"Dunyo" AA/. Misr Diplomatik tadqiqotlar institutida O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Misr Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Taraqqiyot yo'lida hamkorlik agentligi ko'magida tashkil etilgan mazkur o'quv kurslarida Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz, Sharqiy Yevropa va Osiyoning qator mamlakatlari diplomatlari ishtirok etdi.

Tinglovchilar ko'p qutbli tartibot, XXI asrda diplomatiya san'ati, tinchlik o'rnatish, krizisni boshqarish, nizolarni hal qilish, Afrika va Yaqin Sharqdagi geosiyosiy holat, raqamli diplomatiya kabi dolzarb mavzular bo'yicha bilimini boyitdi.

O'quv kurslari bitiruvchilariga Misr Tashqi ishlar vazirligi va Diplomatik tadqiqotlar instituti rahbariyati tomonidan diplomlar topshirildi.

Aytish joiz, so'nggi yillarda O'zbekiston va Misr o'rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda aloqalar jadal rivojlanib bormoqda. 1993-yildan buyon Misrning taraqqiyot yo'lida hamkorlik agentligi O'zbekiston mutaxassislarining malakasini oshirish bo'yicha turli sohalarda o'quv kurslarini tashkil etmoqda. O'tgan davr mobaynida 1200 nafardan ortiq o'zbekistonliklar diplomatiya, xavfsizlik, biznes, bank, transport, tibbiyot, arab tili kabi yo'nalishlardagi kurslarda malaka oshirgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish