Xalqaro yo'lovchi va yuk tashuvlari bo'yicha O'zbekiston-Polsha qo'shma komissiyasining navbatdagi yig'ilishiga tayyorgarlik ko'rilmoqda
Oktabr 08, 2025. 11:02 • 38 soniya
• 56
VARSHAVA, 8-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Polsha xalqaro avtomobil transporti tashuvchilari uyushmasi (ZMPD) prezidenti Yan Buchek bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muzokaralar chog'ida ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, yuk va yo'lovchi tashish sohasidagi mavjud imkoniyatlar hamda istiqbolli yo'nalishlar atroflicha muhokama qilindi.Tomonlar xalqaro yo'lovchi va yuk tashuvlari bo'yicha O'zbekiston-Polsha qo'shma komissiyasining navbatdagi yig'ilishini yaqin vaqt ichida o'tkazish muhimligini ta'kidladilar. Ushbu tashabbus ikki davlat o'rtasidagi transport-kommunikatsiya aloqalarini mustahkamlash, tranzit va logistika sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Polshada faoliyat yuritayotgan yirik avtotransport kompaniyalariga O'zbekistondan malakali haydovchilarni ishga jalb qilish, ularning malakasini oshirish va zamonaviy standartlar asosida qayta tayyorlash xususida fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi