Hindistonning yetakchi ko'p tarmoqli shifoxonasi Farg'ona viloyati bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda
Oktabr 30, 2024. 08:31 • 43 soniya
• 250
DЕHLI, 30-oktabr. /"Dunyo" AA/. Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Hindistonning "VED" ko'p tarmoqli shifoxonasi direktori Vaivxav Patel bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko'ra, uchrashuvda ushbu shifoxona tomonidan viloyatda xalqaro ko'p tarmoqli klinika tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Vaivxav Patel "VED" klinikasi faoliyati, aholiga xizmat ko'rsatish bo'yicha to'plangan tajriba, jarrohlik amaliyotlari bo'yicha ma’lumot taqdim qildi. Farg'ona viloyati bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish va aholiga xalqaro standartlarga asoslangan tibbiy xizmat ko'rsatish istiqbollari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.
Shuningdek, hindistonlik malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda mahalliy tibbiyot xodimlarining bilim va ko'nikmalarini oshirish bo'yicha birgalikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Hindiston delegatsiya a’zolari qo'shma loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bino-inshootlarni ko'zdan kechirdi hamda hamkorlikni hayotga tadbiq etish bosqichlari yuzasidan kelashuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi