Logo

Italiyalik rejissyorlar Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri sahnasida yangi spektakllar sahnalashtiradi

Iyul 10, 2025. 17:29 • 33 soniya

47
Italiyalik rejissyorlar Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri sahnasida yangi spektakllar sahnalashtiradi

TOSHKENT, 10-iyul. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 3-6-iyul kunlari Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri rahbariyati Italiyaning Bergamo shahrida bo'lib o'tgan Yevroosiyo xalqaro teatrlari assotsiatsiyasi yig'ilishida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri

Madaniyat vazirligi ma'lumotiga ko'ra, yig'ilishda Qashqadaryo teatri xalqaro rejissyorlar bilan faol hamkorlik qilgan eng yetakchi teatr sifatida e'tirof etildi. Bu yutuq assotsiatsiya rahbari tomonidan alohida ta'kidlandi.

Shuningdek, Italiyaning Silence teatri bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hamkorlik doirasida 2026 yilda Qashqadaryo sahnasida italyan rejissyorlari tomonidan yangi spektakllar sahnalashtirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Albaniya va Misr teatrlari bilan ham ijodiy aloqalarni yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish