JIDU talabalari Turkiyada tashkil etilgan turk tilini o'rganish dasturlarida ishtirok etmoqda
Avgust 11, 2025. 12:30 • 42 soniya
• 106
TOSHKENT, 11-avgust. /"Dunyo" AA/. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) talabalari Turkiyada tashkil etilgan turk tilini o'rganish dasturlarida qatnashmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

JIDU ma'lumotiga ko'ra, mazkur o'quv dasturlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Turkiyaning Burdur Mehmet Akif Ersoy davlat universiteti (MAKÜ) o'rtasida 2024-yilda imzolangan anglashuv memorandumi doirasida bo'lib o'tmoqda. Ushbu loyiha ikki do'st davlat o'rtasidagi ta'lim va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash bo'yicha muhim qadam hisoblanadi.
O'zbekiston talablari Turkiyaga safarning dastlabki kunlaridanoq muhim uchrashuvlarda ishtirok etishdi. Jumladan, talabalar Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti rektori Huseyin Dalgar tomonidan qabul qilindi.
Turkiya tomoniga O'zbekiston hayotida kechayotgan yangilanishlar va JIDU faoliyati haqida ma'lumot berildi.
Rektor Huseyin Dalgar o'zbekistonlik talabalarning tayyorgarligi va faolligini yuqori baholab, kelajakda hamkorlikni kengaytirish niyatini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi