Kuvaytlik shifokorlar guruhi Qoraqalpog'istonda jarrohlik amaliyotlarini o'tkazdi
May 07, 2025. 16:23 • 2 daq
• 115
NUKUS, 7-may. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "Al-Amal" xalqaro jarrohlik guruhi va "Shayx Abdulloh an-Nuriy" xayriya tashkiloti joriy yilning 29 aprel – 5 may kunlari Qoraqalpog'istonda bo'lib, Orolbo'yi aholisiga bepul tibbiy ko'rik amalga oshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ekologik muammolar sabab Orolbo'yi aholisida turli kasalliklar bilan xastalanmoqda. Mintaqa aholisi sog'lig'ini asrab-avaylash va tiklash borasida O'zbekiston hukumati tomonidan barcha chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlik ham tobora chuqurlashmoqda.
Xususan, Orolbo'yi aholisi salomatligini tiklash bo'yicha Kuvayt bilan turli loyihalar ishlab chiqilgan. Jumladan, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi va mamlakatimizning Al-Kuvaytdagi elchixonasi sa'i-harakatlari bilan Kuvaytning "Al-Amal" jarrohlar guruhining Orolbo'yi aholisiga tibbiy yordam ko'rsatish maqsadida Qoraqalpog'istonga safari tashkil etildi.
Kuvaytdan kelgan malakali shifokorlar Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi, Respublika kardiologiya ilmiy-amaliy ixtisoslashgan tibbiyot markazi, Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi, Respublika ko'z mikroxirurgiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari Qoraqalpoqg'iston filiallarida hamda U.Xolmuratov nomidagi Respublika ko'p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazida jarrohlik punktlarini tashkil qildilar.
Har bir jarrohlik bo'limiga 1 tadan avtomobil va 2 nafardan tarjimon biriktirildi. 30 aprel kunidan boshlab 6 ta jarrohlik bo'limlarinig barchasida bemorlar qabuli va tibbiy ko'rik amalga oshirildi.
Tibbiy ko'riklar davomida Qoraqalpog'istonda 420 nafar bemor tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Ulardan 253 tasida operatsiya, 36 nafariga esa jarrohlik muolajasi amalga oshirildi. E'tiborlisi, jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazgan bemorlarning holati muntazam ravishda monitoring qilib turildi.
Qoraqalpog'iston aholisiga tibbiy yordamni yana-da samarali yetkazib berish, malakali shifokorlar tajribasidan foydalanish va tibbiy xizmat ko'rsatish sifatini oshirishga qaratilgan bu kabi chuqurlashtirilgan tibbiy ko'riklar aholining sog'lig'ini yaxshilash, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Orolbo'yi aholisi uchun tashkil etilgan ushbu tashabbus ham bemorlarning o'z salomatligiga e'tibor qaratishiga, o'z vaqtida muolaja olishiga va tibbiy xizmatlardan yana-da samarali foydalanishiga imkon yaratdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga intilmoqda
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi