Malayziya kichik va o'rta biznes vakillarining O'zbekistonga biznes-missiyasi tashkil etiladi
Oktabr 16, 2025. 10:15 • 2 daq
• 37
KUALA-LUMPUR, 16-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziya kichik va o'rta biznes xalqaro savdo uyushmasi (SMITA) prezidenti Megan Su bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar

Muloqot chog'ida O'zbekiston-Malayziya savdo-iqtisodiy aloqalarini yana-da kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shu yilning 17-23-noyabr kunlari SMITAga a'zo kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiyaning O'zbekistonga bo'lib o'tadigan biznes-missiyasini yuqori darajada tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Biznes-missiya doirasida O'zbekiston Eksportchilar uyushmasi, O'simliklar karantini va himoyasi agentligi va uning huzuridagi Markaziy eksport shtabi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha Anglashuv memorandumlarini imzolash hamda Toshkentda mahalliy tadbirkorlar uchun Malayziya bozoriga kirish va biznes yuritish bo'yicha amaliy seminar o'tkazish ko'zda tutilmoqda.
SMITA prezidenti O'zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida jadal sur'atlar bilan rivojlanayotganini qayd etib, mamlakatimizga biznes missiyani tashkil etishga alohida e'tibor berayotganini ta'kidladi. "O'zbekistonga bo'ladigan biznes missiyaga puxta tayyorgarlik ko'ryapti. Ushbu safardan maqsad O'zbekistonda ishbilarmonlik muhiti va biznes yuritish imkoniyatlarini o'rganish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, o'zaro savdo-sotiqni yo'lga qo'yish, mahalliy kompaniyalar vakillari va tadbirkorlar bilan hamkorlik muzokaralarini o'tkazishdan iborat",– dedi u.
SMITA Malayziyada kichik va o'rta biznes korxonalari hamda startaplarni global bozorga kirishda ko'mak ko'rsatish maqsadida 2015-yilda tashkil etilgan. Uyushma Malayziya bo'ylab 100 dan ortiq va boshqa davlatlardan esa 300 dan ziyod ishlab chiqarish, savdo va turizm kompaniyalari manfaatlarini himoya qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi