Logo

Buyuk Britaniyaning nufuzli universiteti bilan hamshiralik ishi yo'nalishida qo'shma ta'lim dasturlari joriy etiladi

Oktabr 01, 2025. 15:09 • 40 soniya

72
Buyuk Britaniyaning nufuzli universiteti bilan hamshiralik ishi yo'nalishida qo'shma ta'lim dasturlari joriy etiladi

LONDON, 3-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida London Brunel universitetining xalqaro hamkorlik masalalari bo'yicha prorektori professor Trevor Xoy va O'zbekiston hamshiralar akademiyasi rahbariyati o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tomonlar London Brunel universiteti bilan Hamshiralar akademiyasi o'rtasida hamshiralik ishi o'quv dasturlarini birgalikda ishlab chiqish, qo'shma ta'lim loyihalarini joriy etish, o'qituvchi-professorlar uchun malaka oshirish dasturlari va treninglar o'tkazish, qo'shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, ikki tomonlama diplom berish dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xorijiy hamkorlarga Hamshiralar akademiyasi faoliyati va uning vazifalari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Professor Trever Xoy respublikada ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, kelgusida Hamshiralar akademiyasi bilan Brunel o'rtasida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishdan manfaatdor ekanligini ta'kidladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish