O'zbekiston-Bahrayn munosabatlari barcha yo'nalishlarda yuqori pog'onaga olib chiqiladi
Iyul 13, 2025. 10:44 • 43 soniya
• 99
MANAMA, 13-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Nodirjon Turg'unov (qarorgohi Ar-Riyozda joylashgan) Bahrayn jamoat ishlari bo'yicha vaziri Majid bin Ali an-Naiymiy bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida O'zbekiston-Bahrayn munosabatlarini barcha yo'nalishlarda yangi pog'onaga olib chiqish, oliy va yuqori darajadagi tashriflar ustida ishlash masalalari muhokama qilindi.
Vazir Majid an-Naiymiy O'zbekiston va Bahrayn o'rtasidagi hamkorlik munosabatlari yangi pog'onalarga ko'tarilayotganini, ushbu aloqalarning yuksalishida ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodalari muhim rol o'ynashini aytib o'tdi.
– Bahrayn O'zbekiston bilan barcha sohalarda hamkorlik aloqalarini sifat va mazmunan yana-da rivojlantirishdan manfaatdor, – dedi u. – O'zbekiston Bahrayn uchun Markaziy Osiyo mintaqasida ishonchli sherik hisoblanadi. So'nggi yillarda yuqori darajadagi tashriflar soni ortib bormoqda va bu ikki mamlakatlarimiz xalqlari manfaatlari uchun birdek xizmat qilmoqda.
Uchrashuv yakunida oliy va yuqori darajadagi tashriflar hamda qo'shma tadbirlarni hamkorlik tashkil qilishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi